Akademiyada davlat dasturi loyihasi boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida loyihaning mohiyati, maqsadi va vazifalari muhokama qilindi.
Tadbirda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilgani bunday strategiyaga zarurat vujudga kelganini aytib oʻtdi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik Nurislom Tuxliyev, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Davlat va jamiyat qurish tizimini takomillashtirish boʻlimi boshligʻi A.Mirkamilov oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.
Ular oʻz chiqishlarida strategiyada amalga oshirilishi koʻzda tutilgan vazifalar, jumladan, barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, qulay ekologik sharoitlarni yaratish, adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash masalalari haqida toʻxtalishdi.
“Oʻzbekiston-2024” strategiyasi va uni 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi boʻyicha Akademiya professor-oʻqituvchilari oʻz fikrlarini bildirdilar.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish