16

“Jaholatga qarshi maʼrifat” tadbirlari davom etmoqda

Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhi Buxoro viloyati Buxoro shahrida targʻibot tadbiri oʻtkazdi.

Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar tinglandi.

“Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.

Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan 50 nomdagi yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.

Izoh qoldirish