191

Ta’limda uzviylikni ta’minlash bugungi kun talabi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda sohaga mas’ul rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar Akademik litseyga tashrif buyurishdi. 

Ular litseyda o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va joriy ta’mirlashdan keyingi holat bilan tanishdi. 

Uyg‘un G‘afurov ta’lim muassasasida amalga oshirilgan faoliyat va yaratilgan imkoniyat yuzasidan fikr bildirib, Akademik litsey ijrochi direktori va direktor o‘rinbosarlariga kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchi yoshlarni to‘liq oliy ta’lim muassasalariga kirishlarini ta’minlash, zarur hollarda Akademiya professor-o‘qituvchilari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. 

Shuningdek, ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlikdagi yo‘nalishlar, jumladan, ta’lim muassasalari integratsiyasi, akademik litsey o‘quv dasturlarini ixtisoslikka moslashtirish, Akademiya bitiruvchi bosqich talabalarining malakaviy hamda pedagogik amaliyotlarini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda professor-o‘qituvchilar tajribasidan foydalanish to‘g‘risida tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida bugungi kunda akademik litseyda 358 nafar o‘quvchi yoshlarga 27 nafar asosiy shtatdagi malakali pedagog o‘qituvchilar va unifikatsiya fanlari doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari 4 ta yo‘nalishda davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berib kelmoqda. O‘quv auditoriyalari 17 dona zamonaviy interaktiv doskalar, 20 dona yangi zamonaviy monobloklar, yangi mebellar bilan jihozlandi.

Izoh qoldirish