54

Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lishdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan joylarda xotira tadbirlari davom etmoqda.

Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lishdi.

Islom Karimov 1938-yil 30-yanvar sanasida tavallud topgan bo‘lib, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan to umrining so‘nggigacha, ya’ni 2016-yilda qadar boshqarib kelgan.

Talabalar majmuaga tashrifi davomida Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga tegishli kolleksiya va turli eksponatlar bilan tanishishdi. 

Umida Murodxonova,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi

Izoh qoldirish