156

Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Kengash raisi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, rais o‘rinbosari, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, RTTM boshlig‘i hamda Axborot-resurs markazi rahbari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, dastlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi 04/04-86-son topshirig‘i ijrosi xususida prorektor Zokirjon Ro‘ziyev hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Berdiyarov ma’lumot berdi.

Shuningdek, Ilhom Berdiyarovning 2023-2024 o‘quv yili 1-yarim yilligi bo‘yicha YANlarni tashkil etilish holati hamda 2023-2024 o‘quv yili 1-yarim yilligi uchun akademiya professor-o‘qituvchilarining SHIRning bajarilish hamda 110 ballik tizimga ma’lumotlarni kiritilish holati xususida axboroti eshitildi.

Zokirjon Ro‘ziyev barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha hamkor tashkilotlar rahbarlari bilan sayyor dars-mashg‘ulotlarini tashkil etish haqida ma’lumot berdi.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz To‘rayevning 2023-2024 o‘quv yilining 2-yarmida kurslar kesimida bakalavr va magistrlar uchun tashkil etilgan malakaviy amaliyot monitoring haqidagi hisoboti eshitildi.

Majlis davomida 2023-2024 o‘quv yilida Akademiyada masofaviy, sirtqi hamda kechki ta’lim shakllari uchun o‘quv jarayonlarining tashkil etilish holati, 2023-yil Akademiya Oliy ta’limdan keyingi ta’lim  faoliyati natijalari,  2024-yil uchun qabul qilingan talabgorlarning Shaxsiy ish rejalari va Nazariy-metodologik dasturlari, Akademiya tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari muhokamasi kabi mavzular haqida so‘z yuritildi.

Yakunda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

 

Izoh qoldirish