Rahbar ayol imidjini yaratish
Keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishga yanada e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Rahbar ayol imidjini yaratish” mavzusidagi davra suhbatida ham bu borada alohida qayd etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova talaba-qizlarga ma’ruza qildi.
Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, professor o‘qituvchilar, doktorantlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Maqsuda Vorisova rahbar ayollarni tayyorlashda, eng avvalo, ilmli, ziyoli qizlarni tarbiyalash, bu borada ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarni turli yot illatlar ta’siridan asrash, qizlarni milliy qadriyatlarimizga tayangan holda to‘g‘ri tarbiyalash zarurligini ta’kidladi.
Suhbat davomida talaba-qizlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
Umida Murodxonova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish