Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi – avlodlar e’tirofida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ma’rifatparvar aloma Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud topgan sana munosabati bilan “Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi – avlodlar e’tirofida!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirni prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan boshlab Keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi milliy o‘zlikni anglash, hurriyat yo‘lida jon fido etgan bobolarimiz xotirasiga alohida hurmat va e’tibor berilayotganini qayd etdi. Zero, bugungi shiddatli yangilanish jarayonlarida ularning fidoyiligi, ilmga, taraqqiyotga intilgani har jihatdan ibratli ekani yana bir bor ta’kidladi.
Shundan so‘ng “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxodjayev “Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi” mavzusida ma’ruza qildi.
So‘zga chiqqan talabalar tomonidan “Mahmudxo‘ja Behbudiy. Muhtaram yoshlarg‘a murojaat asarining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida yig‘ilganlarga adib hayoti va ijodi, ilmiy-ma’naviy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi. Mahmudxo‘ja Behbudiy mamlakat taraqqiyotini nainki maktablar, balki teatr, adabiyot rivoji, bir necha tillardan, dunyoda kechayotgan voqeliklardan xabardorlik bilan ham uzviy bog‘lagani qayd etildi.
Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar adib hayoti va ijodi, ilmiy-ma’naviy faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan olimlarga murojaat qilishdi.
Tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodini chuqur o‘rganishga qaratilgan amaliy ishlar bardavom olib borilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish