179

ICESCO yillik faoliyati natijalari va istiqbol rejalari muhokama qilindi

Jidda shahrida davom etayotgan ICESCO Ijroiya kengashi 44-sessiyasida tashkilotning ta’lim, fan, informatsion texnologiyalar, madaniyat ishlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Strategik prognoz markazi, Xorijliklar uchun arab tili markazi, Huquqiy ishlar va xalqaro standartlar bo‘limi, Sivilizatsiyalar muloqoti markazining 2023-yildagi faoliyati natijalari tinglandi.

Sessiyada, shuningdek, ICESCOning 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan strategiyalari va ularni amalga oshirishga ajratiladigan moliyaviy xarajatlar rejasi muhokama qilindi. Tashkilotning 2024-2025-yillardagi faoliyat rejasida a’zo davlatlar orasida savodxonlikni oshirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va IT-texnologiyalariga asoslangan xizmat turlarini rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Izoh qoldirish