209

ICESCO Maslahatlashuv kengashida O‘zbekistonning diplomatik yutug‘i yuqori e’tirof etildi

Avval xabar berilganidek, Jidda shahrida o‘tayotgan ICESCO II Maslahatlashuv kengashida Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov ishtirok etmoqda.

II Maslahatlashuv kengashida ICESCO Bosh direktori Dr. Salim Malik va barcha ishtirokchilar a’zo davlatlarda tashkil qilinadigan yirik loyihalar qatorida 2025-yilda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilishini O‘zbekiston davlat rahbariyatining ulkan yutug‘i ekanini e’tirof etdilar.

ICESCO rahbariyati allomalar beshigi bo‘lgan O‘zbekistonning boy sivilizatsion salohiyatini xalqaro hamjamiyatga namoyish etadigan mazkur global tadbirni o‘tkazish yuzasidan barcha yordamga tayyor ekanini bildirdi.

Izoh qoldirish