61

Akademiya rektori xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida ICESCO ijroiya kengashining 44-sessiyasi va Milliy komissiyalar Bosh kotiblarining Ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi boshlandi.

Saudiya Arabistoni ta’lim, madaniyat va fan bo‘yicha milliy komissiyasi mezbonligida tashkil qilinayotgan ushbu xalqaro anjumanda ICESCO Ijroiya Kengashi a’zolari, milliy komissiyalar bosh kotiblari hamda a’zo mamlakatlarning sohaviy tashkilot vakillari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash mexanizmlari, tashkilotning 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan harakat dasturini muhokama qilishlari rejalashtirilgan.

ICESCOga a’zo davlatlar vakillarining ushbu yirik uchrashuvida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham ICESCO Ijroiya Kengashi a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.

Izoh qoldirish