178

Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun

Poytaxtimizning Bektemir tumanida tuman hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Bektemir tuman boʻlinmasi tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” hamda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ma’naviy-marifiy, musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda tuman sektor rahbarlari, faxriylar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bektemir tuman bo‘linmasi, diniy ulamolar, taniqli san’at vakillari, shoir va faollar ham qatnashib, bayram dasturini yuqori kayfiyatda o‘tkazishdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi Bektosh Berdiyev ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan aholi ma’naviyatini yuksalishi yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Tadbir davomida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etilib, yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini ulashildi.

Izoh qoldirish