61

Akademiya o‘qituvchilari Al-Azhar universitetidagi UNICEF oʻquv seminarlarida ishtirok etishdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari – Nigora Yusupova, Ilhom Bekmirzayev hamda doktorant Muslim Atayev Misr Arab Respublikasining Al-Azhar universitetidagi oʻquv seminarlarida ishtirok etishdi.

Mazkur seminar Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi oʻrtasida imzolangan uch tomonlama Anglashuv memorandumi asosida tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimlari ham qatnashdi. 

Oʻquv kurslari davomida Al-Azhar universiteti olimlari va mutaxassislari tomonidan bolalar xuquqlarini, ularning salomatligini himoya qilish, onalik va reproduktiv salomatlikni taʼminlash boʻyicha qilingan maʼruzalari tinglandi. 

Shuningdek, Misr muftiysi Shavqi Ibrohim Abdulkarim Allam, Al-Azhar oliy shayxi bosh kotibi qabulida ishtirok etildi. Mazkur nufuzli olimlarning bola huquqlariga bagʻishlangan maʼruzalari tinglandi. 

Safar davomida Al-Azhar universitetining oʻquv-uslubiy jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Yakunda seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Izoh qoldirish