53

Akademiyada Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Volontyorlar dasturi koordinatorlari – Ivata Shoichi hamda Odilxon Hasanov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov hamda Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov ishtirok etdi.

Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda JICA tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, Akademiya ta’lim jarayoniga marketing va menejment sohasida amaliy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan yaponiyalik volontyor mutaxassislarni jalb qilish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda Habibullo Sadibaqosev JICA tashkiloti bilan muntazam olib borilayotgan hamkorlikdan mamnunligini va Akademiyaga volontyor sifatida jalb qilingan yaponiyalik mutaxassislar talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi bilimlarni olishda katta ahamiyat kasb etgani uchun agentlik vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdi. 

Uchrashuv yakunida har ikki tomon vakillari kelgusidagi rejalar bo‘yicha kelishib olishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish