169

Oʻzbekiston delegatsiyasining Jiddaga tashrifi Saudiya Arabistoni OAV diqqat markazida

Saudiyaning ommabop “Neprass”, “Wakeb”, “Mjdalwatan” va “Al-Kifah news” elektron nashrlari “Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri bilan uchrashdi” sarlavhali maqolalarni oʻz sahifalariga joyladi.

“Muloqot chogʻida tomonlar Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda “Haj-2024” mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.  

Tomonlar ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi ishonchli va doʻstona muloqot tufayli oʻzaro aloqalar yangi bosqichga koʻtarilganini, jumladan, din va maʼrifat sohalarida hamda haj va umra ibodatlarini tashkil etishda yuqori natijalarga erishilganini qayd etdilar”, deyiladi maqolalarda.

Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmita

Axborot xizmati

Izoh qoldirish