192

Akademiyada maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Rus tilini oʻrganamiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy, intellektual tadbir oʻtkazildi.

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi rus tili oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirni fakultet dekani Sayyora Chiniyeva ochib berdi.

Unda Akademiyaning “Filologiya”, “Matnshunoslik”, Islomshunoslik”, “Dinshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Islom huquqi” taʼlim yoʻnalishlarining 1-bosqich talabalari bellashishdi.

Talabalar semestr davomida rus tilidan olgan bilimlarini bellashuvda salomlashish, otlarni kelishiklarda turlash, hadislarni yoddan ifodali oʻqib berish, erkin mavzu kabi konkurs shartlarini bajarishda namoyon etdilar.

Tadbirda ishtirokchilar rus tili fanidan berilgan shartlarni bajarish bilan bir qatorda qiziqarli videoroliklar, sahna koʻrinishlari, musiqali chiqishlar bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishdi.

Bundan tashqari, tadbirda rus milliy taomlari koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi.

Yakunda 3-oʻrin “Xalqaro munosabatlar” jamoasiga, 2-oʻrin esa “Filologiya“ va “Islomshunoslik” jamoasiga nasib etdi. “Dinshunoslik” yoʻnalishi talabalari 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Izoh qoldirish