72

Akademiya tayanch doktorantining yana bir yutug‘i

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova Innovatsion Rivojlantirish Agentligining “Yosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkaga yuborish” tanlovida g‘olib bo‘lib, sentabr-oktabr oylarida Germaniyaning Berlin shahrida ilmiy stajirovkasini to‘liq grant asosida o‘tab qaytgan edi.

Quvonarlisi, xalqaro maqola chop etishdan tashqari Akademiya doktoranti “The Capital Voice” hamda “The Picture Agency” tashkilotlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Eng asosiysi, ilmiy stajirovka davomida Shahzoda Abduraimova Agentlik hamda Cultur-Cooperation International E.V tashkiloti o‘rtasida memorandumni imzolashga muvaffaq bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, Innovatsion Rivojlantirish Agentligi tomonidan ushbu tanlov har yili o‘tkazilib, tanlov g‘oliblarining xorijiy ilmiy stajirovkalari Jamg‘arma tomonida to‘liq moliyalashtiriladi.

Izoh qoldirish