71

Akademiya tayanch doktoranti ICESCO xalqaro stipendiyasiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova ICESCO – Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti tomonidan e’lon qilingan xalqaro stipendiya g‘olibi bo‘ldi.

Tanlov 2023-yil iyun-sentabr oylarida o‘tkazilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ICESCO stipendiyasi har yili ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning nomzodlari uchun ilm-fan, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish maqsadida ajratiladi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi  Shahzoda Abduraimovaning mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi.

Izoh qoldirish