Haj va umra vaziri bilan samimiy muloqot
Jidda shahrida Oʻzbekiston delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirokida oʻzaro aloqalarning istiqbollari hamda “Haj-2024” mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik ravnaq topayotgani, haj va umra qiluvchilar soni keskin oshayotgani, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqqani alohida qayd etildi.
Haj va umra vaziri soʻnggi yillarda Oʻzbekiston eng yaxshi natijalarga erishayotgani va jadal taraqqiy etayotganini taʼkidlash barobarida avvalgi yildagi Oʻzbekiston zaminiga tashrifi bir umr yodida qolganini bildirdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiya haj va umra ziyoratchilariga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish borasida oʻz fikr-mulohazalarni taqdim etdilar.
Muloqot yakunida Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Haj va umra vazirligi oʻrtasida muborak safarlarni yanada yaxshilash yuzasidan kelishuv imzolandi.
Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish