74

“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida ekskursiyalar tashkil etilmoqda

“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – O‘ktam Jiyanov va Kamoliddin Jahongirov boshchiligida bir guruh talabalar Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lishdi.

Ekskursiya davomida talabalar Temuriylar salatanati tarixi va u davrga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar bilan tanishishdi. 

Xususan, u yerda talabalar Amir Temur va temuriylar davriga oid qoʻlyozmalar, Amir Temur gerbi tasvirlangan kumush va mis tangalar, shuningdek, temuriylar sulolasi vakillarining zarb qilingan nomlari, sopol va mis buyumlar, etnografik ahamiyatga ega boʻlgan buyumlar, qurol-yarogʻlar, kiyim-kechaklar, Ulugʻbekning astronomik asboblari va temuriylar davriga oid boshqa koʻplab madaniy qadriyatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Izoh qoldirish