167

Seminar mashg‘ulotlar davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun “Rossiyada diniy musulmon ta’limi sohasida yagona standartlarni ishlab chiqish tajribasi (2010 yilda)” hamda “HEMIS platformasida joriy etilgan so‘nggi o‘zgarishlar va ta’lim jarayonida kredit-modul tizimidan foydalanish” mavzularida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mashg‘ulotlar “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Nasibullayev hamda Ta’limning kredit tizimini nazorati sektori bosh mutaxassisi K.Abdulazimov tomonidan olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu darslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.

Izoh qoldirish