64

Akademiya vakili Bursa Ulug‘dag‘ universiteti talabalariga dars mashg‘ulotini o‘tkazdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Chet tillari” kafedrasi dotsenti Dilshoda Muminova Turkiya Respublikasining Bursa Ulug‘dag‘ universitetidagi dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Akademiya vakili universitet rahbariyati taklifiga binoan u yerda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari, talabalar va professor-o‘qituvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shu bilan birga, Bursa Ulug‘dag‘ universiteti Ilohiyot fakulteti talabalariga “Islomshunoslikka oid terminlarning ingliz tilidagi istilohiy qo‘llanilishi” mavzusida dars mashg‘ulotini o‘tkazdi. 

Izoh qoldirish