Akademiya magistri “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritdi
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini eʼlon qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 119 nafar yigit-qiz “Jamg‘arma stipendiati” deb eʼtirof etildi.
Quvonarlisi, ularning safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Mumtozaposhsho Qurbonova ham bor.
Akademiya magistranti “Biznes va boshqaruv” ta’lim sohasi bo‘yicha Shotlandiyaning Dandi universitetida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Universitet 1881-yilda St.Andrews universitetining kolleji sifatida Shotlandiyada asos solinib, 1967-yilda mustaqil ravishda faoliyatini boshlagan.
Dandi universitetida 2022-yil maʼlumotlariga koʻra, 18 100 nafar talaba tahsil olib, 1 ming 445 nafar oʻqituvchi-professor faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda universitet 8 ta akademik maktabdan tashkil topgan. Ularning har biri esa oʻz navbatida tadqiqot mazkazlari va boʻlinmalarini (46 ta) oʻz ichiga oladi.
Dandi universiteti Times Higher Education jahon universitetlari reytingida 2023-yilda TOP-250 talik universitetlar roʻyxatiga kiritilgan.
CWTS Leiden reytingida 2022-yilda eng koʻp iqtiboslari keltirilgan nashriyotlari yoʻnalishida dunyo boʻyicha 34 chi oʻrinni egallagan.
Dandi Biznes maktabidagi (School of Business) universitetida magistratura bosqichi Islom moliya mutaxassisligi (MSc Islamic Finance) Al-Maqtum kolleji (Al-Maktoum college) bilan hamkorlikda ochilgan boʻlib, barcha Islom moliyasiga doir fanlar Al Maqtum professorlari tomonidan, umum-iqtisodiy fanlar Dandi professorlari tomonidan oʻqitiladi.
Akademiya rahbariyati va jamoasi Mumtozaposhsho Qurbonovaning mazkur yutug‘i bilan chin yurakdan muborakbod etib, uning kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish