58

Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun “Scopus va Web of Science xalqaro bazalarida ilmiy nashrlarni amalga oshirish amaliyoti” mavzusida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Diana Abdumo‘minova tomonidan olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu darslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.

Izoh qoldirish