69

Akademiya jamoasiga bayram munosabati bilan tabriklar keldi

Yangi 2024-yil kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasiga xorijiy davlatlar elchilari, oliy taʼlim muassasasi rektorlari, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari hamda taniqli olimlardan samimiy tabriklar keldi.

Jumladan, Kuvayt Davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Xolid al-Jiyron, O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vafa al-Busaidi hamda Islom tarixi, madaniyati va san’atini tadqiq etish markazi IRCICA bosh direktori, doktor Mahmud Erol Qilich, Qatar Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Hassam bin Hamza Hashem, O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Karomiddin Gadoyevdan tabriklar keldi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, O‘zbekiston milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, WOSCU Vasiylik kengashi raisi Baxtiyor Fozilov, WOSCU Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov ham o‘z tabriklarini yo‘llashgan. 

Tabriklarda xalqimiz, xususan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining ahil jamoasiga yangi muvaffaqiyatlar, tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, doʻstlik aloqalari bundan-da ziyoda boʻlishi izhor etilgan.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish