166

O‘quv-seminarlar davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilar uchun belgilangan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Bugun “Radikalizmni oldini olishda hadislarni tushunish metodi” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Mazkur dars “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov tomonidan olib borildi.

Seminarda dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar barchamizdan yoshlar tarbiyasiga yanada e’tiborliroq bo‘lishni taqozo etayotganini, buning uchun, eng avvalo, ta’lim tizimida ular bilan muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi. 

Yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta da’volar, g‘arazli da’vatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat ta’siridan himoyalashda hadislarning o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Izoh qoldirish