72

Akademiya professori Al-Azhar universitetidagi oʻquv kurslarida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda tegishli davlat tashkilotlari, boshqa yetakchi olim va mutasaddi xodimlar ishtirokida Misr Arab Respublikasining Al-Azhar universitetida oʻquv va tajriba almashish safari bilan bo‘lib turishibdi.

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining “Islomda gender” mavzusidagi loyihasi doirasida qatnashayotgan delegatsiya a’zolari safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupova ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomda gender tenglikning oʻziga xos tamoyillari” nomli qoʻllanma tayyorlangan.

Ushbu qoʻllanma asosida Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida seminarlar tashkil etildi. 

Al-Azhar universitetidagi oʻquv kurslari davomida Nigora Yusupova maʼruza qilib, Akademiyada tayyorlangan qoʻllanmadan oʻrin olgan mavzular yuzasidan maʼlumot berdi.

Izoh qoldirish