203

Akademiya prorektori “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasida oliy ta’lim muassasalari rektor-prorektorlari, davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari xodimlarinining bir guruhini “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev tantanali tarzda topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan turizm sohasini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Respublikada ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha xorijiy davlatlarda Akademiyaning kafedrasini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriq doirasida Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Saudiya arabistoni hamda Birlashgan Arab Amirliklari oliy taʼlim muassasalari va mazkur davlatlardagi Oʻzbekiston elchixonasi masʼullari bilan hamkorlikda faoliyat olib borildi.

Jumladan, 2023-yil avgust oyida Akademiya delegatsiyasining Singapur, Malayziya va Indoneziya davlatlariga safari tashkil etildi. Safar davomida Singapur milliy universiteti, Singapur islom olimlari kengashi huzuridagi maktab, Perlis islom oliy taʼlim instituti, Malayziya xalqaro islom universiteti hamda Indoneziyadagi Sahid universitetida Oʻzbekistonning turizm salohiyati toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazildi. Shuningdek, Indoneziyaning Sahid universiteti tarkibida akademiya bilan hamkorlikda turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi va Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib etuvchi “Turizm sohasidagi akademik tadqiqotlar markazi” tashkil etildi.

Shuningdek, Buxoro ziyoratgohlari haqidagi maʼlumotlar jamlangan  5 ta – oʻzbek, rus, ingliz, arab va fors tillarida 7 ta risola tayyorlandi.

Buxoro viloyati uchun 4 ta turistik paket ishlab chiqildi va 3 ta turistik operatorlar -  “Golden Path Lacore”, “Karvon Global Business”, “Battuta travel” bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 

Akademiyada “e-ziyorattourism" elektron platformasini yaratish” (I-OT-2021-65) innovatsion grant loyihasi amalga oshirildi. Grant loyihasi doirasida, 

- “E – Ziyorattourism” elektron platformasi yaratildi va unga kompyuter dasturiy mahsulotlari guvohnomasi olindi.

- “E – Ziyorattourism” mobil ilovasi yaratildi va unga kompyuter dasturiy mahsulotlari guvohnomasi olindi.

3 tildagi (oʻzbek, rus, ingliz) tillarda informatsion sayt -  ziyarahtourism.uz  hamda 15 ta video kontentlar tayyorlandi.

100 dan ortiq ziyoratgoh va tarixiy ahamiyatga ega obyektlarning rangli albomi, “Yetti pir” bukleti, 15 ta video kontent hamda 5 ta tilda risola tayyorlandi.

Shuningdek, “Ziyo” media markazi tomonidan ziyorat turizmi yoʻnalishida 92 ta – hujjatli film, maxsus koʻrsatuv va videoroliklar tayyorlangan. Jumladan,

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida jami 60 ta hujjatli film - Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy, Xoja Muhammad Bobo Samosiy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Muhammad Orif Revgariy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Sayyid Amir Kulol, Soʻfi Olloyor, Xoja Ahror Valiy, Mahdumi Aʼzam, Xoʻja Muhammad Zohid, Chor Bakr, Abul Muʼin Nasafiy ziyoratgohlari, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Sulton Uvays Qaroniy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy yodgorlik majmualari, Masjidi Kalon, Mir Arab madrasasi.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida jami 15 ta hujjatli videorolik -  Bobo ziyoratgohi, Saʼd ibn Abu Vaqqos, Alovuddin Attor ziyoratgohi, Shayxontohur meʼmoriy ansambli, Qaffol Shoshil maqbarasi.

2 ta maxsus koʻrsatuv – “Joʻybori Kalon xotin-qizlar madrasasi” va “Sulton Saodat majmuasi”. 

“Ramazon tuhfasi” ruknida efirga uzatiladigan 15 ta koʻrsatuv uchun Ziyorat turizmi obyektlari haqida 15 ta rolik ishlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga innovatsiya dasturlari loyihasi boʻyicha mavzular roʻyxatiga “Buxoriy yurti ziyoratgohlarining 3D modelini yaratish” mavzusida loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish