74

Dolzarb mavzuda rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida “Rektor va talabalar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi Farrux Elmirzayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ekspertiza bo‘limi mas’ul xodimi Jamshid Aliyev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari qatnashdi.   

Uchrashuvni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ekspertlar ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi sabablari, buzg‘unchi oqimlarning maqsad-muddaolari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar orasidagi o‘zaro ishonchga soya solayotgani ta’kidlandi.

Ayni paytda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi. Bu borada yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish