162

Akademiya talabalari “Siyosat maydoni” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etishmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida siyosiy tahlil bilimdonlari oʻrtasida “Siyosat maydoni” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Unda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etmoqda. Jumladan, Akademiya bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishining 6 nafar iqtidorli talabasi (Z.Muhammadjanov, K.Esanova, H.Abdurafiqov, U.Mirzoxidov, Z.Bektemirov hamda K.Isroilov) respublika bosqichida qatnashyapti. 

Talabalar mazkur bosqichdagi dastlabki turda maqolalar taqdimotini oʻtkazishdi. Keyingi bosqichda esa loyihalar taqdimoti amalga oshiriladi.

Fursatdan foydalanib, Akademiya jamoasi talabalarga muvaffaqiyat tilab qoladi.

Izoh qoldirish