Akademiya rektori Kuvayt Davlati Amiri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘ldi.
Akademiya rektori Kuvayt Davlati Amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh vafot etgani munosabati bilan Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad al-Jiyronga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi va shaxsan o‘z nomidan hamdardlik bildirdi.
Suhbat chog‘ida Akademiya rektori O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida hamkorlik munosabatlarida shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning o‘rni yuqori bo‘lgani, turli sohalarda do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilishida tashabbuskorlardan biri bo‘lganini qayd etdi.
O‘z navbatida elchi Ahmad al-Jiyron ham bunday musibatli kunlarda yelkadosh bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, o‘zbek xalqi, shuningdek, Akademiya jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari ham Kuvayt Davlati Valiahdi shayx Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga akasi shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning vafoti bilan munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan edi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish