Akademiyada “Oltin davrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Ma’lumki, yurtimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizning kelajagi boʻlgan yigit-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasi doimo eng ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Ayniqsa, butun respublika bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi” tadbirlarida Akademiya talabalari ham faol ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar oyligi yakunlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
“Oltin davrim” deb nomlangan marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining birinchi o‘rinbosari Abdulaziz Mo‘minov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Bayram tadbirini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilishlari, yoshlarni xalqimiz mentalitetiga yot, yosh avlod ongi va tafakkuri uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalash zimmalaridagi eng muhim vazifa ekanini ta’kidlashdi.
Bayram davomida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilgan talabalar oyligi doirasidagi tanlov va musobaqalar g‘oliblari hamda yil davomida har tomonlama faol bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Rasmiy tadbirlardan so‘ng talabalar ijrosida “Yor-yor” filmining teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi, milliy kuylarga bastalangan popurri qo‘shiqlar havola etildi. Musiqiy va she’riy chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish