Radikalizmga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz
Yurtimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Taassufki, bugungi globallashuv davrida mafkuraviy xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Bu esa har birimizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishimizni talab etmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Radikalizmga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bosh mutaxassisi Bahodir Daminov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Akademiya rektori kirish so‘zi bilan ochib berarkan, dunyoda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalar har bir insonni ogohlik, befarq bo‘lmaslikka chorlayotgani, “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish dolzarb masala ekanini qayd etdi.
Ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mutaassib oqimlar tomonidan ijtimoiy tarmoq platformalarida ilgari surilayotgan da’volar, yoshlar o‘rtasida diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishining oldini olish yuzasidan so‘z yuritdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar hozirgi kunda jahonda ayrim noxolis kuchlar tomonidan islom dini haqida turli notoʻgʻri fikrlar tarqatilayotgani, terrorchilik kabi illatlarni ayni paytda bevosita islomga bogʻlab, muborak dinimiz va musulmonlarga nisbatan nafrat oʻtini yoqishga urinayotganini ta’kidlashdi. Terrorizm, ekstremizm, aqidaparast oqimlarning maqsad-muddaolari haqida ma’lumot berildi.
Chindan ham soʻnggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini kengaytirish maqsadida asosiy yoʻnalish hisoblangan internet orqali targʻibotni kuchaytirish va ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron koʻrinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
Davra suhbatida yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish