198

Talaba-qizlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti malikasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar “Tanishtiruv”, “Konstitutsiyaga doir savol-javob”, “Shart bajarish” hamda “Erkin mavzuda ijodiy ijro” kabi shartlar bo‘yicha bellashishdi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida so‘z yuritishdi.

Shuningdek, mazkur tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarishdan ibora ekanini qayd etishdi.

Yakunda “Filologiya” 1-bosqich talabasi Shahnoza Po‘latova 1-o‘rinni egalladi. Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish