156

Sportchi va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyada “Konstitutsiya haftaligi” davom etmoqda.

Haftalik doirasida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport sohasiga qiziqishlarini orttirish maqsadida Pekin-2008 yozgi olimpiya o‘yinlari sovrindori Abdulla Tangriyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Abdulla Tangriyev 1981-yil 28-mart kuni Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha Pekin-2008 yozgi olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi. 2011-yil mutlaq vazn toifasida jahon chempioni, uch karra jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. Besh karra Osiyo chempioni va yana kumush va bronza medallari egasi. Shuningdek, uch karra Osiyo oʻyinlari sovrindori. 

Abdulla Tangriyev davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali, “Oʻzbekistonda Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Tadbir davomida ishtirokchilar sport ustasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 

Kelgusida Abdulla Tangriyev Akademiya talabalari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazib berishga va’da berdi.

Izoh qoldirish