194

Akademiyada hamkorlikda mahorat darsi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Psixologiya va din: zamonaviy nazar va chaqiriqlar” mavzusida onlayn mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur davra suhbati Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi hamda L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyala bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra a’zolari hamda mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.

Unda Yevroosiyo milliy universitetining “Dinshunoslik” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Yu.V.Shapoval va “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi A.S.Nuratdinov ma’ruza bilan qatnashdi.

Tadbirda din psixologiyasi bo‘yicha bugungi kunning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritildi. Yu.V.Shapoval psixologik tadqiqotlarda bir qancha metodologik tamoyillarning (tarmoqlararolik, ilmiylik, tizimlilik va h.k. tamoyillar) inobatga olinishi zarurligi to‘g‘risida fikrlar bildirdi. Muammolardan biri psixologlarda diniy bilimlar va kompetentlikning yetishmasligi, dinshunoslarda esa psixologik bilimlarning yetishmasligi qator muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi. Ma’ruzachi din psixologiyasidagi muammolarni hal etishda xalqaro tajribalardan foydalanish lozimligi, din psixologiyasini tushunishda turli xil modellarning mavjudligi, din psixologlar mutaxassislarining kompetensiyalarini ishlab chiqish muhimligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. 

L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi A.S.Nuradinov din psixologiyasining Qozog‘istondagi rivojlanishining o‘ziga xosligi, bu yo‘nalishdagi mavjud muammolar, din psixologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda talab etiladigan kompetensiyalar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Shuningdek psixodiagnostika tadbirlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi lozimligini ta’kidladi.

Tadbirning yakunida savol-javoblar bilan fikr almashildi. Shuningdek, magistrantlar tomonidan savollar berildi hamda batafsil javoblar olindi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish