Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi
Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Bugun Islomshunoslik fakulteti tomonidan o‘tkazilgan “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusidagi davra suhbati ham ana shu maqsadda tashkil etildi.
Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va uning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati Muqaddas Urazaliyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, fakultet dekani Jahongir Tohirov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirish, kasb-hunarga oʻrgatish va bandligini taʼminlash, innovatsion gʻoyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ekspertlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham davlat tomonidan yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtiroki ragʻbatlantirilishi kafolatlab qoʻyildi. Inson manfaati, insonparvarlik tamoyili asosida qabul qilingan Bosh qomusimiz mamlakatimizda yangi rivojlanish davrini boshlab bergani e’tirof etishdi.
Qizgʻin savol-javoblar davomida ma’ruzachilar yangi tahrirdagi Konstitutsiya Oʻzbekistonning barqaror rivojlanishini taʼminlashda, fuqarolar huquqlari kafolatlarining mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirishda muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish