236

Konstitutsiya – adolat tantanasi

Bugun qariyb 65 foizga yangilangan Konstitutsiyamiz mamlakat taraqqiyotining kafolati sifatida xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga toʻla javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjatga aylandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda yangi tahrirdagi Bosh qonunimizning oʻziga xos xususiyatlari, avvalgi Konstitutsiyadan farqli tomonlari haqida soʻz yuritildi.

Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Islom sivilizatsiyasi markazi yuristkonsulti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Davron Muxsimov, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalaridan tashkil topgan huquq-targ‘ibot guruhi, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. 

Taʼkidlanganidek, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini soʻzsiz taʼminlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom maʼnoda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini beradi. Shu boisdan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijrosini toʻliq taʼminlash barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasidir. Shu maqsadda belgilangan chora-tadbirlar dasturiga koʻra, davlat fuqarolik xizmati hamda sud-huquq tizimi xodimlarining yangi konstitutsiyaviy talablarga rioya etish borasidagi bilim va malakasini oshirish uchun dastur tashkil qilindi. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijrosini soʻzsiz taʼminlash yuzasidan amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi ustuvor vazifalar, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari, fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda saylov tizimidagi fundamental vazifalarga oid muhim yoʻnalishlar yuzasidan maʼruza va taqdimotlar qilindi.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish