Akademiya o‘qituvchisi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasida “Konstututsiya zamonaviy ta’lim asosi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa doktori, dotsent Nuriddin Qolqanov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan mamlakatimizda ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangilangan Konstitutsiyada o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan moddalarning kiritilishining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, o‘quv jarayonlariga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilganligi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish