141

Akademiya vakili ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati binosida “Uch buyuk qadriyat: ma’naviyat, odob-axloq, ma’rifat" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, falsafa fanlari doktori, “Ma’rifat’ targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Munira Qahhorova ishtirok etdi.

Davra suhbatida harbiy xizmatchilarning bilimi, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, mas’uliyat, sadoqat va vatanparvarlik hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Izoh qoldirish