1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988-yildagi qaroriga asosan, 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.
OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. 2022-yilda dunyoda taxminan 39 million nafar OIV bilan yashovchi odamlar ro'yxatga olingan, ularning uchdan ikki qismi Afrika mintaqasi aholisidir.
Shuningdek, o‘tgan yili 630 000 odam OIV bilan bog'liq sabablarga ko‘ra vafot etgan va 1,3 millionta yangi OIV yuqish holatlari qayd etilgan.
Bu esa, o'z navbatida inson salomatligi, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda xavfsizligiga rahna solayotir.
Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda barcha yo‘nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo'yicha qo'shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yo‘l bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat, afsuski, mamlakatimizda ham kuzatilyapti. Masalan, o‘tgan yili ro‘yxatga olingan bemorlarning 79 foiziga kasallik jinsiy aloqa yo'li orqali yuqqani gumon qilingan.
JSST tomonidan bemorlarni virusga qarshi davolash kasallikning bosqichidan qat’iy nazar, u aniqlangan kundan boshlanishi zarurligi tavsiya etiladi.
Shu yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra, yurtimizda OIV infeksiyali bemorlarning 83 foizi davolashning dunyoda tan olingan usuli – antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat budjeti mablag‘lari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.
Umuman, hozirgi kunda mamlakatimizda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyasi faoliyat olib boryapti. Ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari boʻlsa, 63 tasi tumanlararo laboratoriyalardir.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish