89

Talabalarning Buxorodagi “turistik ta’til”i samarali o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi “turistik ta’til”i davom etmoqda.

“Turizm (ziyorat turizmi)” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Labi Hovuz maydonidagi Maydoni Ko‘kaldosh, Devon Begi madrasalari hamda Devon Begi xonaqohi, shuningdek, Mir Arab madrasasi, Poyi Kalon masjidi, Minorai Kalon ansambli, Buxoro Arki, Mir Arab oliy madrasasi, Buxoro yahudiylari sinagogasi, Buxoro yahudiylar qadimiy uyi kabi tarixiy obida va ziyorat obyektlariga ekskursiya tashkil etildi.

Ularga obidalar va ziyorat obyektlari tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida joylashgan Xuja Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Mazkur kompleksda joylashgan maqbara va obidalar tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Buxoroda joylashgan 7 pir va ularning ilmiy merosi haqida so‘z yuritildi.

Izoh qoldirish