86

Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyotiga yangi qozi tayinlandi

Shu yil 28-noyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

️Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Unga koʻra, Shamshetdin Bauatdinov Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti qozisi vazifasidan ozod etildi. Mazkur lavozimga qozi oʻrinbosari va “Imom Eshon Muhammad” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan Bahramatdin domla Razov tayinlandi.

 Shuningdek, yigʻilishda Shamshetdin Bauatdinovning masjidlarni obod etish, imom-domlalarning faoliyatini takomillashtirish, talabalarga munosib shart-sharoitlar hozirlash va moʻmin-musulmonlarning ehtiyojlarini qondirish yoʻlidagi mehnatlari munosib eʼtirof etildi.

Maʼlumot oʻrnida, Bahramatdin domla Razov Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tahsil olgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” madrasasida ham xizmat qilib kelmoqda. U yigirma yildan buyon diniy sohada mehnat qiladi.

Bahramatdin domla Razovga sharafli va masʼuliyatli vazifada fidokorona mehnat qilib, imom-xatiblar bilan hamjihatlikda dinimiz ravnaqi yoʻlida astoydil xizmat qilishlarida Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Izoh qoldirish