225

Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili

Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Davra suhbatida mamlakatimizda din masalasiga qaratilayotgan e’tibor, bu borada diniy tashkilotlarning o‘rni, dinimizning asl mohiyati, bugungi dunyo sahnasidagi notinch paytda yoshlarni nimaga e’tibor qaratish zarurligi xususida so‘z yuritildi. 

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish