194

Talabalarning “turistik ta’tili” davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”dagi “turistik ta’tili” davom etmoqda.

Bugun “Turizm (ziyorat turizmi)” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari Buxoro viloyatida joylashgan Xo‘ja Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. 

Ularga mazkur kompleksda joylashgan maqbara va obidalar tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. 

Ma’lumki, Xo‘ja Bahouddin Naqshband – islom olamining eng mashhur avliyolaridan biri, naqshbandiya tariqatining asoschisi hisoblanadi. U milodiy 1318-yilning mart oyida Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Xalq orasida Bahouddin, Bahouddinjon, Xoja Bahouddin, Bahouddin Balogardon, Balogardon, Xo‘jayi Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan ham mashhur.

Sayohat davomida “Turizm (ziyorat turizmi)” taʼlim olayotgan talabalar Turkiya va Germaniya davlatlaridan tashrif buyurgan turistlar bilan muloqotda bo‘lib, O‘zbekistonning turistik salohiyati bo‘yicha taqdimotlar qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish