190

Akademiyada doktor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish darslari boshlandi

Bugun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlari aqida fani ustozlari, ilmiy-tadqiqot markazlarining aqida va kalom yoʻnalishida izlanish olib borayotgan mutaxassislari uchun Turkiya Respublikasining Ibn Xaldun universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish oʻquvlari boshlandi.

Uch kun davom etadigan ushbu malaka oshirish oʻquvlarida tinglovchilar uchun doktor Hamza Bakriy ishtirokida XI–XII asrlarda yurtimizda yashab ijod qilgan alloma Abulmuayyad Ahmad ibn Mahmud Nasafiy qalamiga mansub “Al-Manzuma ar-roiya” nomli kalom ilmiga oid nazmiy asarni sharhlash asosida zamonaviy mutaassib oqimlarning gʻoyalariga raddiya berish metodologiyasi  yuzasidan maʼruzalar tashkil qilinishi koʻzda tutilgan.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish