84

Akademiya vakillari Mir Arab oliy madrasasida daraxt ko‘chatlari ekishdi

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi vakillari o‘zaro uyushqoqlik, shijoat bilan yurtimiz maskanlarini yanada obod etish uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Mir Arab oliy madrasasiga qarashli hududda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligida kuzgi daraxt ekish jarayoni tashkil etildi.

Akademiya vakillari hududda obodonlashtirish ishlarini olib borishdi. Manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 

Izoh qoldirish