149

“Buxoro – islom sivilizatsiyasi gavhari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Mir Arab oliy madrasasida “Buxoro – islom sivilizatsiyasi gavhari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Buxoro viloyatining ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro konferensiyani Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berib, turizm rivojlanishining xalq farovonligini oshirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi. 

Kun tartibiga binoan anjumanda O‘zbeskiton Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Akademiyadan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, “Turizm (ziyorat turizmi) va “Dinshunoslik” yo‘nalishlari talabalari, Buxoro davlat universiteti, Indoneziya, Malayziya Misr, Yaponiya va Rossiya Federatsiyasidan soha mutaxassislari ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyada ziyorat turizmini rivojlantirishning ilmiy-nazariy muammolari, ziyorat turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi, O‘zbekiston ziyorat turizmi salohiyatidan samarali foydalanish masalalari, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va ilmiy-amaliy takliflar umumlashtirildi. 

Konferensiya davomida Buxoroning ziyorat turizmi brendini targ‘ib qiluvchi logotip taqdimoti ham amalga oshirildi.

Konferensiya yakunida hamkor tashkilotlardan ishtirok etgan olim va mutaxassislarga ilmiy va amaliy hamkorlik qilayotganligi uchun minnatdorlik bildirilib, sertifikatlar taqdim etildi. 

Qizg‘in va munozaralarga boy boʼlgan xalqaro konferensiya barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish