209

Akademiyada “Yosh trener” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yosh trener” musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi hamda Akademiya psixologi tomonidan tashkil etildi. 

Yosh, bo‘lajak mutaxassislarda sog‘lom raqobat hissini tarbiyalash, jamoaviy psixologik muhitni ta’minlash, psixologik muammolarda treninglardan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada jami to‘rtta jamoa o‘zaro bellashishdi. 

Musobaqa g‘oliblari diplom hamda “Eng pozitiv ishtirokchi”, “Eng faol jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish