Talabalar “turistik ta’til” doirasida Samarqand viloyatida bo‘ldi
Joriy yilning 25-28-noyabr kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Turizm (ziyorat turizmi)” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “turistik ta’til” joriy etildi.
Ta’til davomida Akademiya professor-o‘qituvchi va talabalarining Buxoro viloyatida “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”da ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bugun Samarqand viloyatida joylashgan madaniy meros obyekti – Xo‘ja Doniyor maqbarasida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova tomonidan “Doniyor payg‘ambar tarixi to‘g‘risida turli ilmiy-tarixiy qarashlar” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur ekskursiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkiletildi.
“Turistik taʼtil” davomida Samarqand shahrida joylashgan Registon kompleksidagi Shayboniyxon qabri yonida “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov tomonidan “Shayboniyxonlar davlatchiligi tarixi va shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar” mavzusida talabalar uchun ko‘chma maʼruza tashkil etildi.
“Turistik taʼtil” davomida Samarqand shahrida joylashgan Registon maydoni ansamblida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat” va “Ulugbek madrasasi tarixi” mavzusida maʼruza tashkil etildi.
Shuningdek, “Turistik taʼtil” davomida Samarqand shaxrida joylashgan Go‘ri Amir ansamblida “Islom iqtisodiyoti, moliyasi va turizm” kafedrasi mudiri U.Jiyanov tomonidan “Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi” mavzusida maʼruza tashkil etildi.
“Turistik ta’til” davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish