205

Poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining yigʻilishi boshlandi

Bugun poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining toʻrtinchi yigʻilishi boshlandi.

Anjuman Qurʼoni karim tilovati bilan ochildi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yigʻilishni ochib berdilar.

Xalqaro tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh, Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi, bosh muftiy Navroʻzbay hoji Tagʻanuli, Qirgʻiziston musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi raisi Abdimanap Masaliyev hamda Turkmaniston muftiysi Yalkap Xodjaguliyev, shuningdek, turkiy davlatlar ulamolari, diniy soha vakillari ham ishtirok etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish